Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Volodimir Zelenskiy 14 sentabr kuni Xarkiv oblastining shu kunlarda ukrain qo‘shinlari tomonidan ozod etilgan Izyum shahriga keldi. Ukraina prezidenti rasmiy telegram-kanalida Izyumda olingan suratlar joylashtirildi.
«Odatda biz osmonga qaraganimizda, doim musaffolikni qidiramiz. Bugun esa yuqoriga qarab faqat bir narsani — Ukraina bayrog‘ini qidiramiz. Bizning ko‘k-sariq rangli bayrog‘imiz bosqindan ozod etilgan Izyumda ham hilpiray boshladi. Ukrainaning har bir shahar va qishlog‘ida shunday bo‘ladi. Faqat bir yo‘nalishda harakatlanamiz — oldinga va g‘alaba sari», — deya suratlarga izoh qoldirgan Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Qrim va bosib olingan boshqa hududlar ham Ukraina tarkibiga qaytishiga ishonch bildirdi.
«Biz ishg‘ol qilingan hududlardagi, Qrimdagi odamlarga xabar yuborishimiz kerak. Ular bizning odamlarimiz. Bu fojia – sakkiz yil oldingi okkupatsiya. Albatta, bu vaqt ko‘plarni, ayniqsa bolalarni o‘zgartirgan. Urush faqat qurol bilan olib borilmaydi. Axborot urushi bilan ham odamlarga hujum qilinadi. Rossiya televideniye bilan, boshqa media vositalari bilan hujum qilmoqda.
Mening nomam shundayki – biz qaytamiz. Ular bu sakkiz yil mobaynida tashviqot televideniyesidan nimalarni eshitishgani ahamiyatga ega emas. Biz bilamizki, haqiqat biz tomonda», degan Zelenskiy jurnalistlarga murojaat qilib.
U hozircha bu qachon ro‘y berishini aniq ayta olmasligi, chunki buni hozir hech kim bilmasligini qayd etgan. «Ammo biz boramiz, chunki bu bizning yerimiz va bizning xalqimiz», deya yakunlagan u.
Volodimir Zelenskiyning harbiy libosidagi shevronda shunday yozilgan: Ukraina yoki o‘lim
Izyum Rossiya qo‘shinlari tomonidan aprel oyi boshida egallab olingandi. Ukraina qurolli kuchlari sentabr oyi boshida Xarkiv oblastida boshlangan yirik qarshi hujum davomida ushbu shaharni ozod etdi. Izyum rasmiylariga ko‘ra, shahar uchun janglar va istilo vaqtida tinch aholi vakillaridan kamida ming kishi halok bo‘lgan, bundan tashqari o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani tufayli ham ko‘plab odamlar jon bergan.
Zelenskiy1, Izyum1, Xarkiv1, Qrim1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi