00:35 / 18.09.2022
1 056

Xitoy 2025 yildan kosmik sayohatlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Xitoy 2025 yildan kosmik sayohatlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Foto: Twitter / CNSpaceflight
Xitoy 2025 yildan tijorat kosmik sayohatlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Xabar qilinishicha, 2025 yildan Xitoy tijorat kosmik sektori suborbital kosmik parvozlarni amalga oshiradi. Sayohat uchun chipta narxi 2-3 mln yuan (286,4 ming-429,6 ming dollar) atrofida bo‘ladi.

Nashrning yozishicha, 2030 yilga borib Xitoy tijorat aerokosmik sohasi bozorining umumiy hajmi 100 mlrd yuanga (14,3 mlrd dollar) yetishi mumkin.

2021 yilda Xitoyda sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqarish, raketa uchirish va orbital sun’iy yo‘ldoshlar asosida xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 370dan oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy 2025 yildan kosmik sayohatlarni yo‘lga qo‘ymoqchi