20:38 / 18.09.2022
2 089

Saudiya Arabistoni fuqarosi 43 yil davomida 53 marta uylandi

Saudiya Arabistoni fuqarosi 43 yil davomida 53 marta uylandi
Foto: Yandex
Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lgan erkak 43 yil ichida 53 nafar ayolga uylangan, deb yozmoqda NDTV.

«Men uzoq vaqt davomida 53 nafar ayolga uylandim. Birinchi marta 20 yoshimda oila qurganman va ayolim mendan olti yosh katta edi», — deydi 63 yoshli erkak mahalliy televideniyega.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng qisqa nikohi atigi bir kecha davom etgan. U ham saudiyalik ham xorijlik ayollar bilan oila qurgan.

Saudiyalik erkak «asrning ko‘p xotinli odami» laqabini olgan. Uning o‘zi bunday ko‘p nikohlarning sababini «tinchlik va barqarorlik izlash» deb izohlaydi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda u faqat bir ayol bilan yashamoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo