11:23 / 19.09.2022
1 166

YEI Ukrainadagi harbiy jinoyatlar bo‘yicha tribunal tuzishni talab qildi

YEI Ukrainadagi harbiy jinoyatlar bo‘yicha tribunal tuzishni talab qildi
Foto: AFP
Izyum shahri yaqinida yuzlab qiynoqlarga uchragan odamlar ko‘milgan ommaviy qabrlar topildi, dedi Chexiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Lipavskiy. U harbiy jinoyatlar bo‘yicha barcha aybdorlarni jazolashga chaqirdi.

Chexiya Yevropa ittifoqi kengashining amaldagi raisi sifatida Ukraina hududida harbiy jinoyatlar bo‘yicha xalqaro tribunal tuzishga chaqirdi. «Rossiya Izyum viloyatida yuzlab qatl etilgan va qiynoqqa solingan odamlar ko‘milgan ommaviy qabrlarni qoldirib ketdi. 21-asrda tinch aholiga qarshi bunday hujumlar aqlga sig‘maydi va jirkanchlidir. Ularni e’tiborsiz qoldirmasligimiz kerak. Barcha harbiy jinoyatchilarning jazoga tortilishini talab qilamiz. Men agressiya jinoyatini jazolash uchun maxsus xalqaro tribunalni tezroq tuzishga chaqiraman», — deb yozdi Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy 17 sentabr, shanba kuni Twitter’dagi mikroblogida.

Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext ham xalqaro tribunal tuzishga chaqirdi. «Bu dahshatli jinoyatlar tergov qilinishi kerak - eng yaxshisi BMT ekspertlari tomonidan. Xalqaro tergovchilarga dalillar to‘plash uchun imkon qadar tezroq ruxsat berilishi kerak. Jinoyatchilar javobgarlikka tortilishi lozim», dedi u Funke guruhi nashrlariga bergan intervyusida.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 17 sentabr oqshomida xalqqa yo‘llagan kundalik videomurojaatida Xarkiv oblastida Rossiya armiyasi chekinganidan keyin o‘ndan ortiq qiynoqqa solish kameralari va elektr toki bilan qiynash uchun mo‘ljallangan uskunalar topilganini aytdi. Ukraina tergoviga ko‘ra, Izyumda o‘lim oldidan qiynoqqa solingan odamlar jasadlari bo‘lgan 450 ga yaqin qabr topilgan. Ba’zilarning qo‘llari orqasiga bog‘langan. Zelenskiy Izyumni Bucha va Mariupolga qiyosladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo