13:06 / 19.09.2022
1 745

O‘zbekistonlik ayol Malayziyadan ekstraditsiya qilindi

O‘zbekistonlik ayol Malayziyadan ekstraditsiya qilindi
Foto: IIV axborot xizmati
O‘zbekiston va Malayziya Interpol xodimlari hamkorlikdagi harakatlari natijasida odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olinib, ekstraditsiya qilindi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Interpol kanallari orqali odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun qidiruvda bo‘lgan va o‘zgartirilgan shaxsiy ma’lumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi (ayol) Interpol O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

Interpolning O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xabariga ko‘ra, Interpol Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasida olib borilgan qo‘shma harakatlar va tezkor axborot ta’minoti, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillari ko‘magi jinoyatchi shaxsini aniqlash va qo‘lga olish imkonini berdi.

Malayziya hukumati qidiruvdagi ayolni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, Interpol xodimlari hamrohligida u munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga olib ketildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo