Litvada Rossiya telekanallari translyatsiyasi taqiqlandi

Litvada Rossiya telekanallari translyatsiyasi taqiqlandi
Foto: AP
Litva Rossiya telekanallari translyatsiyasini ikki yil muddatga taqiqladi. Bu haqda mamlakat parlamenti saytida xabar qilindi.

Xabarga ko‘ra, Litva parlamenti Rossiya va Belarus tomonidan boshqariladigan, nazorat qilinadigan yoki moliyalashtiriladigan telekanallar namoyishini taqiqladi.

«Taqiq 2024 yilning 1 oktabrigacha amal qiladi», — deyiladi xabarda.

Mart oyida Litvada «Mir» telekanali translyatsiyasi taqiqlangandi. Bundan tashqari, Rossiya va Belarus telekanallarini tomosha qilish imkonini beruvchi 60ga yaqin internet saytlari ham bloklangan. Avvalroq esa RBK va «Mir 24» kanallari translyatsiyasi besh yil muddatga taqiqlangandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar