![Donald Tramp: AQSH “do‘zaxga qarab ketyapti”](/uploads/posts/2022-09/18579501_026631682048_1920x0_80_0_0_7431c028a0eae19ddccd7fa3d93fdd3c_jpg.webp)
Amerikaning sobiq prezidenti Donald Trampning fikricha, Amerika Qo‘shma Shtatlari “do‘zaxga qarab ketyapti”, mamlakatga kuchli yetakchi kerak, aks holda “u omon qolmaydi”.
“Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Tramp prezidentlik muddati tugaganidan keyin “radikal o‘zgarishlar”ni ko‘rganini aytdi.
“Mamlakatimiz jahannamga qarab ketyapti, millatimiz tanazzulga yuz tutmoqda. Davlat tartibsizlik ichida”, dedi sobiq prezident.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi prezident Jo Bayden jahon sahnasida ojizligini ko‘rsatdi. Trampning fikricha, hozir Qo‘shma Shtatlarga, masalan, Xitoy rahbari Si Szinpin kabi “o‘tkir va aqlli” dunyo yetakchilari bilan muomala qilish uchun ham har qachongidan kuchli prezident kerak.
“Respublikachi yoki demokrat bo‘ladimi, men buyuk odamni ko‘rishni xohlayman. Men uning aql bovar qilmaydigan muvaffaqiyatlarga erishganini ko‘rishni afzal ko‘raman”, deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Sobiq prezident 2024 yilgi saylovlarda o‘z nomzodini ko‘rsatish haqidagi taxminlarni tasdiqlamadi, ammo bunday imkoniyatni inkor ham etmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Kim Chen In Rossiyaning Ukrainaga hujumini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi расм](/uploads/posts/2024-06/x8435e252bc_photo_2024-06-19_21-43-58-ztzgpxia.webp.pagespeed.ic.qJOZiHLFPH.webp)
Kim Chen In Rossiyaning Ukrainaga hujumini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi
![Putin 24 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi расм](/uploads/posts/2024-06/xa416a67d30_photo_2024-06-19_08-57-28-axsafpsd.webp.pagespeed.ic.BkcSqNr406.webp)
Putin 24 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi
![Olimlar erta o‘limga omil bo‘luvchi butun dunyodagi ikkinchi xavfni ma’lum qildi расм](/uploads/posts/2024-06/xfd919dcfd0_havo2-f4tksc61.webp.pagespeed.ic.s-XgFgV2Js.webp)
Olimlar erta o‘limga omil bo‘luvchi butun dunyodagi ikkinchi xavfni ma’lum qildi
![Kim Chen In Rossiyani “eng halol do‘st va ittifoqchi” deb atadi расм](/uploads/posts/2024-06/x2e01328198_photo_2024-06-19_18-09-55-1s6_juel.webp.pagespeed.ic.BNi82lOlb9.webp)
Kim Chen In Rossiyani “eng halol do‘st va ittifoqchi” deb atadi
![Uzoq umr ko‘rish uchun yordam beradigan 5 ta foydali odat расм](/uploads/posts/2024-06/xd51bbe8064_6673bbb313601.webp.pagespeed.ic.M3ng8x_jge.webp)
Uzoq umr ko‘rish uchun yordam beradigan 5 ta foydali odat
![Argentina Ukrainaga harbiy yordam bermasligini ma’lum qildi расм](/uploads/posts/2024-06/x9d07f53bff_miley2-ocevtcdm.webp.pagespeed.ic.3GVe89tAC4.webp)
Argentina Ukrainaga harbiy yordam bermasligini ma’lum qildi
![Kinorejissyor: “Jadidlarimizning mag‘rur va g‘olib qiyofalarini chizishimiz kerak” расм](/uploads/posts/2024-06/x2ed026ca9a_olew0bldnl6uhmmni3bq_q0blzbqq3xi.webp.pagespeed.ic.6e0nRvXHbT.webp)
Kinorejissyor: “Jadidlarimizning mag‘rur va g‘olib qiyofalarini chizishimiz kerak”
![Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar tashkil etiladi расм](/uploads/posts/2024-06/x7ac5395bc9_s8d275kt9gxhqdliz_vary2hrzjdie-a.webp.pagespeed.ic.FbOToRWrC5.webp)
Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar tashkil etiladi