15:53 / 25.09.2022
2 587

Donbassda avtomatlar bilan referendum, Rossiyada yig‘i ostidagi safarbarlik (foto)

Donbassda avtomatlar bilan referendum, Rossiyada yig‘i ostidagi safarbarlik (foto)
24 sentyabr kuni Rossiyada urush va safarbarlikka qarshi yangi mitinglar o‘tkazildi. Moskva, Peterburg, Irkutsk, Tomsk, Novosibirsk, Perm, Ijevsk, Ulan-Udeda namoyishga chiqqanlar qo‘lga olindi — butun mamlakat bo‘ylab ularning soni 800 kishiga yetadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatning Rossiya istilosi ostidagi aholisini safarbarlikdan qochishga chaqirdi. Bir necha manbalar Vladimir Putin 30 sentyabr kuni Federal kengashga murojaat qilishi, shundan keyin Ukrainaning bosib olingan hududlari RF tarkibiga qo‘shib olinishi bo‘yicha kelishuv imzolanishi haqida xabar berishdi.

Quyida 23-24 sentyabr kunlari Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukrain harbiylari tomonidan ozod etilgan Xarkiv oblasti

Xarkiv oblastining Velikaya Kamishevaxa qishlog‘i yaqinidagi yakson bo‘lgan avtomobil. Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv va Xerson oblastlarida boshlangan keng ko‘lamli qarshi hujumlar natijasida sentyabr oyi o‘rtalarida ushbu qishloqni ozod etishgan
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA


Ukrainalik askarlar Xarkiv oblastidagi front chizig‘idagi pozitsiyasida shashka o‘ynashmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA


Ukrainalik harbiy ayol Kupyanskdagi navbatchilik vaqtida. Shahar sentyabr oyi o‘rtalarida ukrain kuchlari tomonidan ozod etildi. Rossiya bu yerni urush boshidan buyon egallab turgandi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Xarkiv oblastining Izyum shahri yaqinida rossiyaliklarning yakson bo‘lgan zirhli transportyori gusenitsasini (g‘ildirak vazifasini o‘tovchi keng zanjir tasma) o‘z mashinasiga yuklayotgan ukrain harbiylari. Izyum aprel oyi boshida Rossiya qo‘shini tomonidan bosib olingandi, Ukraina qurolli kuchlari sentyabr oyida shaharni qaytarib olishdi. Izyum rasmiylari rossiya kuchlari ketgach, shahar uchun janglar vaqtida va shahar rossiyaliklar istilosi ostida bo‘lgan davrda tinch aholi vakillaridan kamida ming kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi — o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasligi oqibatida vafot etganlardan tashqari.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA


Xarkiv oblasti Lipsi posyolkasida rossiyaliklar o‘z bazasi sifatida foydalangan bolalar bog‘chasi. «Bu bizning yerimiz. Shunday bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu yerda hech qanday „rus dunyosi“ bo‘lmaydi. Biz Ukrainaning har bir shahri va qishlog‘idan bosqinchilarni haydab chiqaramiz», — deyilgan sentyabr oyi o‘rtalaridagi qarshi hujum davomida Lipsi hamda unga qo‘shni bo‘lgan Strelechya va Glubokoye posyolkalarini ozod etgan 247-alohida batalon bayonotida.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA


Politsiyachi Lipsida RF qo‘shinlari tomonidan baza o‘rnida foydalanilgan bolalar bog‘chasi yerto‘lasini ko‘zdan kechirmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA


Cherkasskiye Tishki qishlog‘ida yashagan 58 yoshli Nikolayning qabri. Mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, u istilo vaqtida rossiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan. Ukrainaning Xarkiv oblastidagi aholi yashash manzillari ozod etilgach, jasadlarni eksgumatsiya qilish jarayoni boshlandi. Foto: Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Oskol daryosi orqali o‘tgan ko‘prik bo‘ylab o‘tayotgan kupyanskliklar, ularning fonida qora tutun ko‘tarilgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Xarkiv oblastining Chuguyiv rayonidagi qochqinlar. Oblastning sharqiy hududlarida janglar davom etmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


«Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan otilgan raketa parchasi Xarktv va Donetsk oblastlari chegarasidagi Dolina qishlog‘i dalasida. Slovyanskdan shimolda joylashgan ushbu qishloq atrofida bir necha oydan buyon shiddatli janglar kechayotgandi. 10 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi qurshovga tushish xavfi ostida bu hududdan chekindi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Bosib olingan hududlardagi «referendum»lar

Sayyor saylov komissiyasi vakili qurollangan harbiy hamrohligida Donetsk shahri aholisidan byulletenlarni to‘ldirmoqda, odamlar «DXR»ning RF tarkibiga kirishi bo‘yicha tanlovini bildirishi kerak. «Referendumlar» 23-27 sentyabr kunlari «DXR», «LXR», shuningdek Xerson va Zaporijjya oblastlarining RF armiyasi bosib o‘tgan hududlarida o‘tkazilmoqda.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Luhanskdagi odamlar «LXR»ning Rossiyaga qo‘shilishi borasidagi «referendum»da ovoz bermoqda.
EPA / Scanpix / LETA


«LXR» «Markaziy saylov komissiyasi» raisi Yelena Kravchenko Luhanskdagi brifing chog‘ida. Kravchenko agar «Kiyev tomonidan hech qanday tajovuz kuzatilmasa» saylovda davomat 80 foizdan kam bo‘lmasligini prognoz qilmoqda.
EPA / Scanpix / LETA


Nova Kaxovkada Xerson oblasti Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha «referendum» o‘tkazayotgan sayyor saylov uchastkasi. Foto: TASS

Donetsk oblasti vakillari, saylov komissiyasi a’zolari va qurollangan harbiylar «Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum» o‘tayotgan uchastkada.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Rossiyada safarbarlik

Moskvada safarbarlikka qarshi namoyishga chiqqanlarni qo‘lga olish jarayoni.
Mixail Tereshchenko / TASS


Moskvada safarbar qilinganlar Saritsino rayonidagi harbiy kommisariat binosi oldida. Foto: «Moskva» agentligi

Safarbar qilinganlarning qarindoshlari Ivanovedagi harbiy komisariat binosi oldida. Yoqutiston va Sevastopol rahbarlari Aysen Nikolayev va Mixail Razvozjayev hamda Magadan va Vladimir oblastlari gubernatorlari Sergey Nosov va Aleksandr safarbarlik kampaniyasini tanqid qilib chiqishdi, ular ayrim fuqarolar «xatolik bilan» chaqirilayotganini aytishgan. Shuningdek, Saratov, Volgograd va Nijegorod oblastlarida va Buryatiyada urushga noqonuniy safarbar qilinganlar uyiga qaytgani haqida xabar qilishgan. Bu holatlar OAVda chiqqanidan keyin natija bo‘lgan. Foto: Vladimir Smirnov / TASS

Volgogradda safarbar qilingan kishi harbiy komissariat binosi darvozasi oldida farzandini ko‘tarib turibdi. Uning yonida onasi va boshqa oila a’zolari. Foto: AP / Scanpix / LETA

Volgogradda safarbar qilinganlardan biri harbiy komissariat oldidagi avtobus oynasi orqali onasi bilan xayrlashmoqda.
AP / Scanpix / LETA


Navbatchi Volgogradda safarbar qilinib, harbiy komissariatda ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turganlarning tana haroratini o‘lchamoqda.
AP / Scanpix / LETA


Volgogradda safarbar qilinganlarni cho‘qintirayotgan pop.
AP / Scanpix / LETA


Volgogradda safarbar qilinganlar harbiy komissariat binosi oldida.
Dmitriy Rogulin / TASS

Ukrainlarning Donetsk oblastidagi qarshi hujumi

Slovyansk yaqinidagi Bogorodichnoye qishlog‘idagi vayrongarchiliklar.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA


Bogorodichnoye qishlog‘ida ketayotgan ukrain harbiysi. Bu qishloq bir necha oydan buyon front chizig‘ida qolmoqda, Rossiya armiyasi 10 sentyabr kuni ushbu qishloq atrofidan shoshilgancha chekindi. Foto: Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo