18:44 / 29.09.2022
2 925

Nikolay Valuyev safarbarlik bo‘yicha chaqiruv qog‘ozi oldi

Nikolay Valuyev safarbarlik bo‘yicha chaqiruv qog‘ozi oldi
Rossiya Davlat Dumasi deputati, sobiq boksyor Nikolay Valuyev safarbarlik bo‘yicha chaqiruv qog‘ozini oldi. Valuyevning o‘zi keyingi haftada harbiy komissariatga uchrashini ma’lum qilgan.

Ta’kidlash joiz, 21 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi vaziyat sabab qisman safarbarlik e’lon qilgandi.

Nikolay Valuyevni o‘zbek muxlislari 2007 yilda Ruslan Chagayev bilan bo‘lgan jang orqali yaxshi bilishadi, o‘shanda rossiyalik bokschi Chagayevga mag‘lub bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi, Rossiya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Diniyar Bilyaletdinov harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozi olgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo