
Kecha 29 sentyabr kuni Rossiya estradasining primadonnasi Alla Pugachyova egizak farzandlari bilan Rossiyani tark etdi. Bu haqda Ekspress gazetasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda farzandlari Liza va Garrini maktabdan olib, poytaxtning Vnukovo aeroportidan Isroilga uchib ketgan. Uning qaytishi haqida hozircha xabar yo‘q.
Joriy yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Alla Pugachyova oilasi bilan avval Isroilga, keyin Latviyaga ko‘chib o‘tgan edi. Sentyabr oyida boshlangan yangi o‘quv yili munosabati bilan farzandlari hamrohligida Moskvaga qaytgan primadonnaning qadami og‘ir keldi. Avvaliga uning eri «Maxfiy agent» deb topildi, keyin esa Pugachyova eri bilan hamfikrligini bildirib uni ham «maxfiy agentlar» qatoriga qo‘shishlarini so‘radi va Putin rejimini qoraladi. Aksiga olib bu vaqtda Maksim Galkin Rossiyada emas edi.
Ma’lumot o‘rnida, Maksim Galkin va Alla Pugachyova 2005 yilda turmush qurishgan. Galkin o‘z rafiqasidan 27 yoshga kichik bo‘lib, juftlikning Liza va Garri ismli egizak farzandlari bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar