1 056
Shohona hashamat: Yevropa qirollik oilalariga tegishli mehmonxonalar qanday ko‘rinishga ega?

Mehmonxonalar qirollik qarorgohlarining deyarli eng muhim qismidir, chunki u yerda hurmatli mehmonlarni qabul qilishadi, ziyofatlar yoki shunchaki qulay oilaviy tushlik va kechki ovqatlarni tashkil qilishadi. Yevropa qirollik oilalari a’zolarining uylaridagi eng zamonaviy va shohona mehmonxonalar bilan tanishing.
Shahzoda Garri va gersoginya Meganning Montesitodagi saroyi

Foto: Getty Images
Sasseks gersoglari AQSHdagi shaxsiy hayotlari tafsilotlarini ko‘p ham ommaga oshkor qilishmaydi. Biroq muxlislar videoqo‘ng‘iroq orqali Santa Barbara Dyuk saroyidagi yashash xonasining ichki qismini ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ko‘pchilikning e’tiborini jalb qiladigan asosiy detal — bu ulkan tosh kamin. Shuningdek, gersogning ochiq ranglarda bezatilgan mehmonxonadagi ekologik divan va devorni bezatgan uchta gravyura bor, ularni shu atrofda yashovchi Opra Uinfri sovg‘a qilgan.
Zara va Mayk Tindoll, Cheltneme saroyi

Foto: Getty Images
Tindollning zamonaviy mehmonxonasida poldan shiftgacha oq romli uchta deraza, yog‘ochdan yasalgan kamin va dizaynerlik ishi bo‘lgan toshdan yasalgan ish stoli mavjud.
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va qirolicha Maksima, Huis Ten Bosch saroyi

Foto: Getty Images
Shvetsiya qirollik juftligining qaymoqrang, kul rang va jigarrang tonlarda bezatilgan marmar kamin va ish stoli bilan bezatilgan zamonaviy mehmonxonasi mavjud.
Daniya qirolichasi Margret II, Fredensborg saroyi

Foto: Getty Images
Daniya monarxining rasmiy qarorgohida baland shiftli, o‘simlik naqshli gulqog‘oz, zarhal bezaklar, emandan yasalgan mebellar va marmar haykallar bilan bezatilgan mahobatli mehmonxona mavjud.
Shahzoda Uilyam va gersoginya Ketrin, Kensington saroyi

Foto: Getty Images
Kembrijliklar Kensington saroyidagi 1A-xonadonda yashaydi. 2016 yilda juftlik Barak va Mishel Obamani qabul qilganida, ularning mehmonxonasi fotograflar tomonidan suratga olingan. Mehmonxona ochiq rangda bezatilgan. Xonaning markazida qaymoqrang divan va gulli yostiqli kreslolar mavjud. Shuningdek, mehmonxonada marmar kamin, katta eman eshik va zarhal ramkalardagi katta kartinalar mavjud.
Yelizaveta II, Bukingem saroyi

Foto: Getty Images
Bukingem saroyidagi Oq mehmonxona monarx tomonidan muntazam ravishda tomoshabinlar va kichik yig‘ilishlar uchun foydalanilgan. Oq devorlar, qizil rangga bo‘yalgan gilam, hashamatli oltin mebel, ajoyib naqshli ko‘zgu va nafis lampalar mehmonxona ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi.
Norvegiya valiahd shahzodasi Xokon va malika Mette-Marit, Skaugum Manor

Foto: Getty Images
Norvegiyalik qirollik juftligining mehmonxonasida katta kutubxona, yumshoq qoplamali ish stoli va qishloq manzarasi tasvirlangan surat osilgan katta marmar kamin mavjud.
Ispaniya qiroli Fillip VI va qirolicha Letisiya, Sarsuela saroyi

Foto: Getty Images
Ispaniya monarxlarining qarorgohida zig‘ir bilan qoplangan divan, rangli gilam va lakonik lampalar bilan bezatilgan minimalist qulay mehmonxona mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar