16:21 / 07.10.2022
1 097

Ukrainaning davlat qarzi qariyb 100 mlrd dollarga yetdi

Ukrainaning davlat qarzi qariyb 100 mlrd dollarga yetdi
Foto: Bloomberg
Ukrainaning davlat qarzi avgust oyida 1,24 milliard dollarga oshdi va 98,03 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Ukrainaning «Korrespondent» nashri mamlakat Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi qarz 52,21 milliard dollardan 53,44 milliard dollarga oshgan.

Xuddi shunday ichki qarz esa avvalgi 34,34 milliard dollarga nisbatan 34,49 milliard dollarni tashkil etgan. Kafolatlangan davlat qarzi miqdori esa 10,10 milliard dollar bo‘lmoqda.

Avgust oyida Ukrainaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va kafolatlangan davlat qarzi yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulotning 68 foizigacha o‘sib, 105,39 milliard dollarni tashkil etgani ma’lum qilingan edi.

Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, yil yakuniga ko‘ra, mamlakat davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 86 foizini tashkil qiladi.

4 oktabr kuni Ukraina Yevropa Ittifoqidan barqarorroq moliyaviy yordam talab qildi. Kiyev 2023 yilda budjetdan 38 milliard dollar yordam olishni kutmoqda.

Oktabr oyi o‘rtalaridan Ukrainaga 5 milliard dollar miqdoridagi to‘lovlar bo‘lib-bo‘lib yetkaziladi. Bloomberg xabar berishicha, AQSH har oy Kiyevga 1,5 milliard dollar to‘lay boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaning davlat qarzi qariyb 100 mlrd dollarga yetdi