16:47 / 07.10.2022
1 273

Alyaskada safarbarlikdan qochib qayiqda suzib kelgan rossiyaliklar qo‘lga olindi

Alyaskada safarbarlikdan qochib qayiqda suzib kelgan rossiyaliklar qo‘lga olindi
AQSHning Alyaska shtatiga kiruvchi Avliyo Lavrentiy orolida ikki rossiyalik qo‘lga olindi, ular, o‘zlarining aytishicha, Chukotkadan qayiqda suzib kelgan.

Alaska’s News Source nashri xabariga ko‘ra, rossiyaliklar orolga 4 oktabr kuni tushgan. Ular mahalliy aholiga Chukotkadagi Egvekinot qishlog‘idan qayiqda kelganini aytgan. U yerdan Avliyo Lavrentiy oroligacha bo‘lgan masofa dengiz bo‘ylab 500 kilometrni tashkil etadi. Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar ularga armiyada xizmat qilishdan qochganini aytgan.

Avliyo Lavrentiy oroliga suzib kelganlar qo‘lga olindi. Ular dastlab oroldagi Gembell shahrida bo‘lgan, so‘ng Alyaskadagi eng yirik shahar — Ankorijga yuborilgan. U yerda ular bilan federal hukumat vakillari shug‘ullanmoqda. Rossiyaliklar AQSH chegarasini bosib o‘tish qoidalarini buzgan-buzmaganligi hamda ularning mamlakatda bo‘lishga qanchalik haqli ekani aniqlanishi kerak.

Alyaska gubernatori Mayk Danlivi mavjud ma’lumotlarga asoslanib bayonot berishicha, bu shu paytgacha yuz bergan yagona holatdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, shtat ma’muriyati Rossiyadan doimiy muhojirlar oqimini kutmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganidan keyin, mamlakatni tark etuvchi odamlar soni keskin o‘sdi. Quruqlikdagi chegaralarda katta-katta navbatlar yuzaga keldi, eng yaqin vizasiz mamlakatlarga aviareyslar uchun chiptalar sotilib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alyaskada safarbarlikdan qochib qayiqda suzib kelgan rossiyaliklar qo‘lga olindi