20:49 / 07.10.2022
843

JCH—2022: Turkiya Qatarga 3000 politsiyachi, 250 askar va harbiy kemalarni yuboradi

JCH—2022: Turkiya Qatarga 3000 politsiyachi, 250 askar va harbiy kemalarni yuboradi
Turkiya harbiy kuchlari JCH—2022 da xavfsizlikni ta’minlash ishlarida ishtirok etadi. Turkiya parlamenti Qatarga askarlarni yuborishini ma’lum qildi.

Hukmron partiya a’zosi, Turkiyaning sobiq mudofaa vaziri Fikri Ishikning so‘zlariga ko‘ra, 250 askar va korvet toifasidagi dengiz kemalari Qatarga yuboriladi.

Tegishli so‘rovni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bergan. U turk askarlarining AQSH, Fransiya, Angliya, Italiya va Pokiston harbiy kuchlari qatoriga qo‘shilishini ta’kidladi. Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, bunday chora-tadbirlardan maqsad «turli tahdidlarga va ayniqsa terrorizmga qarshi kurashish».

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo