19:16 / 08.10.2022
1 836

G‘arb ekspertlari Ukrainadagi urush yil oxirigacha Kiyev foydasiga yakunlanishini taxmin qilmoqda

G‘arb ekspertlari Ukrainadagi urush yil oxirigacha Kiyev foydasiga yakunlanishini taxmin qilmoqda
Foto: AP Photo
G‘arb ekspertlari orasida trend kuzatilmoqda — ular yil oxirigacha urush tugab, Ukraina 24 fevralgacha bo‘lgan chegaralariga qaytishiga umid qilmoqda. Bu haqda The Times maqola e’lon qildi.

Jurnalistlar britaniyalik yuqori mansabli amaldorning gaplarini keltirib o‘tmoqda, u voqealarning aynan shunday rivojlanishini taxmin qilmoqda — lekin faqat qarshi hujum hozirgi sur’atlarda davom etgan taqdirdagina.

Xuddi shunday fikrni AQSHning Yevropadagi kuchlari sobiq qo‘mondoni Ben Xodjes ham aytib o‘tdi. «O‘zimiz guvoh bo‘layotgan vaziyatdan kelib chiqib, kamida Donbassda inqiroz yuz berishini kutyapmiz va men ishonamanki, yil oxirigacha rossiyaliklar 23 fevral holatidagi chegaralardan nariga surib chiqariladi. Bu mag‘lubiyatga uchragan armiya. Agar ular buni amalga oshirsa, ochiq gapiradigan bo‘lsak, Qrimdagi istilochilar qopqonga tushadi», — dedi u.

Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Ukraina ham shimoli-sharqiy, ham janubiy frontlardagi hujum operatsiyalarida muvaffaqiyatlarga erishishda davom etayotganini ma’lum qilgandi.

Ukraina harbiylari Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Xerson viloyatida yana sakkizta aholi punktini ozod qilgani haqida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aytib o‘tgandi.

Shu hafta Xerson viloyatidan tashqari, Xarkov, Lugansk va Donetsk viloyatlaridagi shahar va qishloqlar ham «Rossiyaning soxta referendumidan ozod etildi», dedi Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ozod qilingan o‘nlab aholi punktlari haqida bormoqda.

Shuningdek, prezident ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasi mamlakat janubida «ancha tez va shiddatli tarzda» olg‘a ketishda davom etmoqda.

4 oktabr kuni Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko Donetsk, Lugansk, Nikolayev, Xarkov va Xerson viloyatlarida 1534 ta aholi punkti ozod etilib bo‘lganini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin Xerson viloyatining o‘zida 50 ta aholi punkti ozod qilinganini aytdi.

Shu kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi jangovar harakatlar xaritasini namoyish qildi, unga ko‘ra, Xerson viloyatida front chizig‘i taxminan 30 kilometrga janubga siljigan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘arb ekspertlari Ukrainadagi urush yil oxirigacha Kiyev foydasiga yakunlanishini taxmin qilmoqda