08:50 / 09.10.2022
1 580

Bayden Rossiya va Saudiya Arabistonini aybladi

Bayden Rossiya va Saudiya Arabistonini aybladi
AQSH prezidenti Jo Bayden Merilend shtatidagi avtomobil zavodlaridan biriga tashrif buyurdi. Bu yerda u Amerika iqtisodiyotini rivojlantirish va Qo‘shma Shtatlar hududida turli xil mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish haqida ma’ruza qildi.

AQSH prezidenti Rossiya Federatsiyasi va Saudiya Arabistoni harakatlari tufayli AQSHda benzin narxi oshib borayotganini aytdi. Baydenning qo‘shimcha qilishicha, benzin narxini bir gallon uchun 1,6 dollardan ko‘proqqa pasaytirish mumkin, biroq OPEK+ mamlakatlari ishlab chiqarishni kuniga 2 million barrelga qisqartirish qarori bunga monelik qilgan.

Bayden OPEK+ davlatlarining neft qazib olishni qisqartirish qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini bildirib, Qo‘shma Shtatlar zarur choralarni ko‘rishini ta’kidladi.

OPEK+ kelishuvida ishtirok etuvchi davlatlar 5 oktabr kuni Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda neft qazib olishni noyabr oyidan boshlab kuniga 2 million barrelga qisqartirishga kelishib oldi, shuningdek, kelishuvni 2023 yil oxirigacha uzaytirdi. Neft qazib olish hajmini kamaytirishni hisoblash uchun 2022 yil avgustidan boshlab OPEK+ kelishuvi doirasidagi kvotalar asos qilib olinadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bozordagi pasayish Xitoyda Kovid-19 epidemiyasining avj olishi va talabni tiklash muammolari bilan kuchayishi mumkin.

Oq uyning ta’kidlashicha, Energetika vazirligi Baydenning buyrug‘i bilan kelasi oy AQSH strategik neft zaxirasidan bozorga yana 10 million barrel neft olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Rossiya va Saudiya Arabistonini aybladi