
Sayyoramizning olis oʻtmishida dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab boʻlgani ehtimol qilinadigan asteroidning kuchi oʻlchandi.
Asteroid tushgan joy — bugungi Meksika hududidagi diametri 180 kilometrga teng Chiksulub krateri.
Michigan universiteti tadqiqot guruhi rahbarining aytishicha, asteroid erga urilishi oqibatida ajralib chiqqan energiya Ikkinchi jahon urushida qoʻllanilgan atom bombasi (Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan)nikidan 10 mlrd marotaba kuchliroq boʻlgan. Asteroid qulashi oqibatida intensiv seysmik faollik boshlanib, bir necha haftadan bir necha oygacha davom etgani taxmin qilinmoqda. Asteriod, shuningdek, oʻta kuchli toʻfonlarni keltirib chiqargan.
Olimlar Kolumbiya, Meksika va AQSh hududlaridagi asteroid qulagan davrga mansub geologik namunalarni oʻrganib shu xulosaga kelishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar