10:57 / 14.10.2022
1 634

Borrel: Rossiya qurolli kuchlari yadro quroli qo‘llanilishiga javoban yo‘q qilinadi

Borrel: Rossiya qurolli kuchlari yadro quroli qo‘llanilishiga javoban yo‘q qilinadi
Foto: Reuters
Agar Putin Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalansa, Rossiya qo‘shinlari G‘arbning javob zarbasi bilan yo‘q qilinadi. Bu haqda Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

«Putin hazillashmayotganini aytyapti. To‘g‘ri, u hazillashish darajasidagi pozitsiyada emas va shuni aytish kerakki, Ukrainani, Yevropa ittifoqini va unga a’zo davlatlarni, AQSH va NATOni qo‘llab-quvvatlovchi odamlar ham hazillashib o‘tirmaydi. Ukrainaga qarshi har qanday yadroviy hujum harbiy javobni keltirib chiqaradi – yadroviy emas, ammo shunchalik kuchli bo‘ladiki, Rossiya armiyasi butunlay yo‘q qilinadi», — deya ogohlantirdi Borrel.

Bundan oldin Yevropa ittifoqi davlatlari Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Yevropa ittifoqi harbiy missiyasini (EU Military Assistance Mission (EUMAM) yaratishga kelishib oldi. Bu boradagi rasmiy qaror Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Luksemburgda 17 oktabrda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida qabul qilinadi.

Diplomatik manbalardan ma’lum bo‘lishicha, missiyaning dastlabki qadamlaridan biri 15 ming ukrainalik askarni tayyorlash bo‘ladi. Hozirda Yevropa ittifoqi davlatlari Ukrainaga ikki tomonlama asosda yordam bermoqda. Xususan, Bundesver Ukraina harbiylarini havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va artilleriya qurilmalaridan foydalanishga o‘rgatyapti.

Avgust oyida YEI darajasida missiya yaratishni Yevropa ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel taklif qilgan edi. U Yevropa tinchlik fondi (EFF) hisobidan moliyalashtiriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo