09:18 / 15.10.2022
1 046

Mo‘g‘uliston bosh vaziri Rossiyadagi safarbarlikdan qochganlarga himoya va’da qildi

Mo‘g‘uliston bosh vaziri Rossiyadagi safarbarlikdan qochganlarga himoya va’da qildi
Foto: DW
Oyuun-Erdene Luvsannamsray rossiyaliklar Mo‘g‘ulistonda 60 kungacha qolishi mumkinligini eslatdi. Bu davrda ular xavfsizlik bilan ta’minlanadi.

Mo‘g‘uliston hukumati safarbarlikdan qochgan holda mamlakatga kelgan Rossiya fuqarolari xavfsizligini ta’minlash ustida ishlamoqda. Bu haqda 14 oktabr, juma kuni DW nashriga bergan intervyusida Mo‘g‘uliston bosh vaziri Oyuun-Erdene Luvsannamsray ma’lum qildi.

U Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan keyin minglab rossiyaliklar Rossiya va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi quruqlik chegarasini kesib o‘tganini tasdiqladi. «Mo‘g‘ulistonga ko‘plab ruslar va mo‘g‘ul etnik guruhiga mansub rus buryatlari keldi. Bizning amaldagi qonun va qoidalarimizga ko‘ra, siz Mo‘g‘ulistonda 30 kun qolishingiz va bu qolish muddatini yana 30 kunga uzaytirishingiz mumkin. Hukumatimiz ularning xavfsizligini ta’minlash ustida ishlamoqda, odamlar ushbu huquqiy asoslar doirasida», - deya ta’kidladi Mo‘g‘uliston bosh vaziri.

«Vaziyat keskinlashganda, boshqa davlatlar ham xuddi shunday muammoga duch keladi», deb ogohlantirdi Luvsannamsray va tinchlikka erishish uchun muzokaralar olib borishga chaqirdi.

12 oktabr kuni BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Ukraina to‘rtta hududini anneksiya qilganini qoralovchi va Rossiya o‘tkazgan soxta referendumlarni tan olmaydigan rezolyutsiyani ko‘pchilik ovoz bilan qabul qildi. 143 davlat vakillari ushbu hujjatni qo‘llab-quvvatladilar, Rossiyaning o‘zi, Belarus, Suriya, Shimoliy Koreya va Nikaragua bunga qarshi chiqdi, yana 35 davlat, jumladan Mo‘g‘uliston betaraf qoldi.

Nima uchun uning mamlakati Bosh assambleya rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamaganligi haqida so‘ralganida, Oyuun-Erdene Luvsannamsray Ulan-Bator «boshidanoq davlatlar o‘z masalalarini tinch yo‘l bilan bir-biriga minimal zarar yetkazgan holda hal qilishi kerak bo‘lgan pozitsiya va siyosatga sodiq qolganini» aytdi.

«Bizning nuqtayi-nazarimiz shuki, bu urushni cho‘zmasdan, masalaga tinch yo‘l bilan yondashgan ma’qul. Chunki urush davom etar ekan, dunyodagi har bir davlat buning uchun to‘laydi va azob chekadi», - dedi bosh vazir va zarar rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ayniqsa jiddiy bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

«Albatta, bu qiyin vaziyat. Ammo bugungi kunda insoniyatning boshqa chorasi yo‘q», - dedi Luvsannamsray, agar Putin «shunchaki gaplashib olinganidan so‘ng» fikrini o‘zgartirishi mumkinligiga ishonasizmi, degan savolga.

Mo‘g‘uliston hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «muzokaralar uchun kamida bir foiz imkoniyat mavjud bo‘lsa ham, undan foydalanish kerak». Bunda asosiy rolni, uning fikricha, Germaniya va Xitoy o‘ynashi kerak.

«Ba’zilar urush bo‘lmaydi deb o‘ylashgandi, lekin shunday bo‘ldi. Endi biz yadroviy qurollarni muhokama qilish nuqtasiga keldik. Kimdir ulardan foydalanadi deb o‘ylaydi, kimdir ishlatmaydi deb o‘ylaydi. Bunday qurollardan foydalanish - hazil emas. Ular inson zotini yo‘q qilishi mumkin», dedi Oyuun-Erdene Luvsannamsray. «Unda iqtisodiy o‘sish, qayta tiklanadigan energiya va yerdagi hayotimizni uzaytirish haqidagi har qanday gap-so‘z befoyda bo‘ladi», — deya xulosa qildi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo