
Saudiya Arabistoni Ukrainaga 400 million dollarlik insonparvarlik yordamini e’lon qildi. Bu haqda Saudi Press axborot agentligi xabar berdi.
Kecha 14 oktabr juma kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan. Nashrning aniqlik kiritishicha, Ukraina rahbari shahzodaga «inqirozni hal qilishda vositachilik harakatlarini davom ettirishga tayyorligi» uchun minnatdorchilik bildirgan.
Zelenskiy bilan suhbatda Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistoni keskinlikni pasaytirishni qo‘llab-quvvatlashga aniqlik kiritgan. Shuningdek, shahzoda mojaroni hal qilishda vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar