
Videodan kadr
Istanbulning Fikirtepe tumanidagi 24 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi, deb xabar bermoqda Turkiyaning Oda TV nashri.
Osmono‘par binoning pastki qavatida yuzaga kelgan yong‘in ko‘p o‘tmay yon tomondagi yo‘lak orqali yuqori qavatlarga ko‘tarilgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 16, 2022
Biroz vaqt o‘tgach, o‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari bilan yong‘in bartaraf etilib, bino nazoratga olingan. 24 qavatli binodagi yong‘in sabablari hozircha noma’lum.
Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘li yong‘inda halok bo‘lganlar yo‘qligini aytdi.
«Fikirtepe tumanida ko‘p qavatli uydagi yong‘in o‘t o‘chiruvchilarimiz tomonidan nazoratga olindi. Evakuatsiya qurbonlarsiz amalga oshirildi. Yong‘in kelib chiqish sabablari tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar