17:20 / 16.10.2022
1 841

Xitoy o‘z fuqarolarini Ukrainani zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Xitoy o‘z fuqarolarini Ukrainani zudlik bilan tark etishga chaqirdi
Foto: Lenta
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi fuqarolarini zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bu haqda Global Times nashrining Twitter akkauntida xabar berildi.

«Hozirda Ukrainada xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy vaziyat kuzatilmoqda, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va Ukrainadagi elchixonasi hanuz mamlakatda bo‘lib turgan Xitoy fuqarolarini xavfsizlik choralarini kuchaytirish va evakuatsiya qilinishga chaqirmoqda. Ukrainadagi elchixona evakuatsiyani tashkil etishda yordam beradi», — deyiladi xabarda.

Xitoy o‘z fuqarolarini imkon qadar tezroq Ukrainani tark etishga chaqirgan birinchi davlat emas. Yaqinda Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi fuqarolarga xuddi shunday murojaat bilan chiqdi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Kiyevdagi elchixonasini evakuatsiya qilishga ruxsat berdi. Shuningdek, diplomatik missiya qozog‘istonliklarga Ukraina hududini tark etishni tavsiya qildi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ham o‘zbekistonliklardan Ukrainani tark etishni, ushbu mamlakatga bormaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktabr kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari Ukraina shaharlarini raketalardan o‘qqa tuta boshladi. Otishmada tinch aholi orasida qurbonlar bo‘ldi, fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlari jiddiy zarar ko‘rdi, elektr energiyasi uzildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo