
Saudiya Arabistoni qirolligi Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida ekani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda qirollik Mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Twitter'dagi postini ulashib, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani va Saudiya Arabistonining mamlakatga yordam ko‘rsatayotganini ta’kidlab, minnatdorlik bildirganini shahzoda Xolid “bu yolg‘on ayblovlar Ukraina hukumatidan chiqmaganini” aytdi.
Vazirning ta’kidlashicha, OPЕK 5 oktabrda neft qazib chiqarishni kuniga 2 million barrelga qisqartirish haqidagi qarori bir ovozdan va "sof iqtisodiy sabablarga ko‘ra" qabul qilinganiga qaramay, ba’zilar Qirollikni Rossiya bilan birga bo‘lganlikda ayblamoqda.
«Eron ham OPЕK a’zosi. Bu Qirollik ham Eron bilan birga ekanini anglatadimi?» — deb so‘ragan vazir.
Ayni paytda OPЕK bosh kotibi Haysam al-G‘ays yakshanba kuni tashkilot aniq narxni belgilamasligi, aksincha, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni maqsad qilganini aytdi.
«Iqtisodiy o‘sishning sekinligi neftga bo‘lgan talabni aks ettiradi va OPЕK oldindan qaror qabul qildi. Neft bozorlarining barqarorligi kelajak uchun muhim. Bu nafaqat bugungi kunga tegishli, balki bizning qarorlarimiz faqat texnik xususiyatga ham ega», — dedi rasmiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar