
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning g‘oyalari G‘arb davlatlari rahbarlari va odamlari ongida tobora ko‘proq aks-sado bermoqda, deb yoziladi “The Washington Post” nashrida chop etilgan maqolada.
“O‘tgan oy oxirida u (Vladimir Putin) AQSHdan tortib Yevropaning ko‘p qismigacha bo‘lgan demokratik davlatlarda tanish va ko‘pchilik uchun jozibali bo‘lgan nutq so‘zladi”, - deya ta’kidlaydi nashr.
30 sentyabr kuni Putin Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar yakunlari bo‘yicha so‘zlagan nutqida boshlangan G‘arb gegemonligining yemirilishi qaytarib bo‘lmas ekanini, dunyo inqilobiy o‘zgarishlar davriga kirganini aytdi.
Putinning ta’kidlashicha, G‘arb qoidalarga asoslangan tartibni yoqlaydi, ammo bu qoidalarni kim o‘ylab topgani aniq emas, bu butunlay firibgarlik va ikki tomonlama standartlardir.
Putin, shuningdek, AQSHni yana bir qarama-qarshilik chigalidan qutulish uchun Rossiya va boshqa suveren davlatlarni sindirishga urinayotgani uchun qoraladi. G‘arb qoidalari bilan yashashga tayyor bo‘lganlarni Putin “noan’anaviy siyosiy munosabatlar izdoshlari” deb atadi.
Rossiya rahbari, shuningdek, “uchinchi jins” tushunchasi mamlakat uchun nomaqbul ekanligini ta’kidladi.
“Biz ko‘rayotgan tendensiya demokratik jarayon samarali, xarizmatik liderlarni keltirib chiqara olmasligidan dunyoning noroziligini aks ettiradi. Bir mamlakat ortidan boshqa mamlakatda bizga ishni bajaradigan kuchli rahbarlar kerak, degan fikr tarqalmoqda. Va bu faqat siyosat bilan bog‘liq emas: biz Ilon Mask kabi texnokratlarning muammoni hal qiluvchi va ishni bajaruvchi sifatidagi qadri oshganini ko‘ryapmiz”, deydi AQSH Dengiz-harbiy kolleji milliy xavfsizlik bo‘yicha professori Nikolas Gvozdev nashrga.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar