date

Germaniyada namoyishda ishtirok etgan 500 kishi hibs qilindi

Germaniyada namoyishda ishtirok etgan 500 kishi hibs qilindi

Germaniyada polisiyachilar va namoyishchilar ishtirokida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tganidan keyin, 500 kishi hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar tarqatdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Qayd etilishicha, Germaniyadagi ultra o‘nglar partiyasi Shtutgartda konferensiya o‘tkazgan. Namoyish ishtirokchilari konferensiya o‘tayotgan binoga kirish joyini to‘sib qo‘yishgan.

Namoyishchilar voqea hududiga etib kelgan polisiyachilarga mash’alalar uloqtirishgan.

2015 yilning noyabrida Vaynxaym shahrida ham shu partiya a’zolari tartibsizliklar keltirib chiqarishgan, o‘shanda namoyishlarda 1,5 mingdan ortiq kishi ishtirok etgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada namoyishda ishtirok etgan 500 kishi hibs qilindi