00:17 / 26.10.2022
1 738

Xitoy Markaziy banki 1 kg vaznli tilla va kumush tangani chiqaradi

Xitoy Markaziy banki 1 kg vaznli tilla va kumush tangani chiqaradi
Foto: Xitoy Markaziy banki
Xitoy Markaziy banki 2023 yilda panda ayig‘iga bag‘ishlangan qimmatbaho esdalik tangalar kolleksiyasini muomalaga chiqaradi.

Xitoy Markaziy (Xalq) bankining WeChat ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazgan taqdimotiga ko‘ra, yangi kolleksiya 14 ta tangadan iborat bo‘ladi va oltin, kumush va platinadan yasalib, 2023 yilda mumolaga chiqariladi. Ularning barchasidan qonuniy to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin.

Tangalarning eng qimmatbahosi 1 kg vaznli, 90 mm diametrli bo‘lib, 99,9 foiz proba oltindan yasaladi va 10 ming yuan (qariyb 1370 dollar) qiymatga ega bo‘ladi. Bunday tangalardan ming donasi muomalaga chiqariladi.

Shuningdek, 1 kg vaznga ega, diametri 100 mm bo‘lgan, 99,9 foiz proba kumushdan yasalgan, qiymati 300 yuan (qariyb 40 dollar) bo‘lgan tangadan 10 ming donasi zarb etiladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank 30 grammlik oltin tangadan 1 mln dona, 15 grammlik oltin tangadan 200 ming dona, 8 grammlik oltin tangadan 200 ming dona, 3 grammlik oltin tangadan 500 ming dona, 1 grammlik oltin tangadan 500 ming dona, 150 grammlik oltin tangadan 10 ming dona, 100 grammlik oltin tangadan 20 ming dona, 50 grammlik oltin tangadan 30 ming donani muomalaga chiqaradi.

Shu bilan birga, 30 grammlik kumush tangadan 10 mln dona, 150 grammlik kumush tangadan 30 ming dona, 30 grammlik platina tangadan 5 ming dona, 3 grammlik platina tangadan 30 ming donasi zarb etiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo