Qozog‘iston prezidenti Ukrainadan o‘rnak olmaslikni maslahat berdi

Nazarboyevning fikricha, Ukrainaning boshiga kelayotgan muammolarning asl sababi birlikning yo‘qligida. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, 1 may Qozog‘iston xalqlari birligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanalarida ma’ruza qilar ekan, birlik bo‘lmagan mamlakat bilan nimalar sodir bo‘lishi borasida Ukrainani misol keltirdi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Nazarboyev xalqini milliy birlikka undar ekan, Ukraina voqealarini xotirlab o‘tgan. 2013-2014 yillarda amalga oshirilgan Evromaydon deb nomlangan jamoatchilik mitinglari, mamlakatning o‘sha vaqtdagi prezidenti Viktor Yanukovichni hokimiyatdan chetlatilishiga olib kelgan edi.
"Ukraina – kattaligi jihatidan sobiq ittifoqning ikkinchi yirik mamlakati bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda Qozog‘iston iqtisodining yarmiga teng iqtisodiyotga ega. Chunki, birlik yo‘q, maqsad yo‘q, bironta masala yoki muammo hal etilmayapti, odamlar esa boshqa "muammolar" bilan band: urush, mojaro va qotilliklar", – deb bayonot bergan Qozog‘iston davlat rahbari.
Nazarboyev mamlakatda ikki haftadan beri norozilik kayfiyatlari kuzatilayotgan bir vaqtda fuqarolarni birlikka chaqirgan. Mamlakat fuqarolari xorijiy fuqarolarga ham qishloq xo‘jaligi erlarini xususiy mulk sifatida sotib olish huquqini beruvchi er islohotlariga noroziliklarini bildirishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing