date
views 5 549

Vladimir Putin Rossiya poytaxtining ko‘chirilishiga doir savolga to‘xtaldi

Vladimir Putin Rossiya poytaxtining ko‘chirilishiga doir savolga to‘xtaldi
Valday xalqaro munozara klubining 27 oktabr kungi yalpi majlisida Rossiyada poytaxtni ko‘chirish haqida savol o‘rtaga tashlandi.

Vladimir Putin ushbu savolga javob berar ekan, “Ha, bizda shunday gaplar yuribdi. Poytaxt ko‘chirilishi masalasi Rossiya davlati tarixida ko‘p bo‘lgan. Tarixiy va ruhiy jihatdan Rossiya markazi har doim Moskva bilan bog‘langan”, dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtni megapolis sifatida rivojlantirishda muayyan muammolar mavjud. Hozirgi Moskva meri Sergey Sobyanin jamoasi boshchiligida bu muammolar bartaraf etilmoqda. Boshqa ko‘plab yirik shaharlarga qaraganda ahvol ancha yaxshi.

"Moskvadagi barcha federal tuzilmalarni haddan tashqari markazlashtirish muammosi mavjud. Bu boshqa mamlakatlarda ham bor masala. Rossiyaning boshqa mintaqalarida poytaxt vakolatlarini joriy etish tarafdoriman”, degan davlat rahbari.

Bunga misol sifatida u Konstitutsion sudning Sankt-Peterburgda faoliyat yuritayotganini keltirdi. Markaziy hokimiyat organlarini Rossiyaning turli mintaqalariga tarqatilishi mamlakatga foyda keltiradi, deya xulosa qilgan prezident.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin Rossiya poytaxtining ko‘chirilishiga doir savolga to‘xtaldi