08:55 / 04.11.2022
1 571

Pokiston sobiq bosh vaziri otishmaga uchradi

Pokiston sobiq bosh vaziri otishmaga uchradi
Kecha Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon boshchiligidagi mamlakat sharqida hukumatga qarshi namoyishchilar karvoni hujumga uchradi. Uning yordamchilari aniq suiqasdga urinish bo‘lganini ta’kidlashdi.

Karvondagi yana bir necha kishi yaralangan, axborot vaziri esa gumondor hibsga olinganini aytgan. Partiya a’zolaridan biri bir kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar borligini ma’lum qilgan.

«Bu aniq suiqasd edi. Xon yaralangan, ammo uning ahvoli barqaror. Ko‘p qon ketgan edi», deydi Xonning Pokistondagi Tehrik-e-Insaf (PTI) partiyasi vakili Favad Chaudri Reyter agentligiga.

«Agar otishmani u yerdagi odamlar to‘xtatmaganida, PTI rahbariyati butunlay yo‘q qilingan bo‘lar edi».

Mahalliy ommaviy axborot vositalari 70 yoshli Xon otishmadan keyin mashinasidan evakuatsiya qilinganidan keyin olomonga qo‘l silkitgani suratlarini ko‘rsatgan.

PTI rahbarlari adolat talab qilar ekan, mamlakatning ayrim hududlarida namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi.

Poytaxt Islomoboddan qariyb 200 kilometr uzoqlikdagi Vazirobodda hujumga uchragach, u Lahordagi shifoxonaga yetkazilgan.

Pokiston uzoq vaqtdan beri siyosiy zo‘ravonlik tarixiga ega. Sobiq Bosh vazir Benazir Bxutto 2007 yilning dekabrida Islomobod yaqinidagi Ravalpindi shahrida saylovoldi mitingi o‘tkazgandan so‘ng o‘qotar qurol va bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Uning otasi va sobiq bosh vazir Zulfiqor Ali Bxutto 1979 yilda harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darilganidan so‘ng xuddi shu shaharda osib o‘ldirilgan edi.

Sobiq kriketchi Imron Xon Islomobodda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish talabi bilan yuzlab odamlar qatnashgan norozilik marshini o‘tkazgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo