23:16 / 07.11.2022
1 938

Twitter Hindistondagi xodimlarining 90 foizdan ortig‘ini ishdan bo‘shatdi

Twitter Hindistondagi xodimlarining 90 foizdan ortig‘ini ishdan bo‘shatdi
Foto: Bloomberg
Twitter dam olish kunlari Hindistondagi xodimlarining 90 foizdan ortig‘ini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Jami 200 ga yaqin kishi kompaniyaning Nyu-Dehli, Mumbay va Bangalordagi ofislarida ishlagan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Twitter’ning Hindistondagi bo‘limlarida ommaviy ishdan bo‘shatish natijasida atigi o‘nga yaqin xodim qolgan. 70 foiz qisqartirish tartibi dasturiy mahsulotni ishlab chiquvchilar va muhandislarning ulushiga to‘g‘ri kelgan.

Marketing, davlat siyosati va korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassislar ham ishdan bo‘shatilgan. Kompaniya xodimlarining katta qisqartirilishidan so‘ng butun dunyo bo‘ylab umumiy 3 700 nafarga yaqin xodim ishdan bo‘shatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Twitter Hindistondagi xodimlarining 90 foizdan ortig‘ini ishdan bo‘shatdi