10:53 / 09.11.2022
2 129

Prigojin: «Rossiya AQSH saylovlariga aralashgan va aralashadi...»

Prigojin: «Rossiya AQSH saylovlariga aralashgan va aralashadi...»
Rus tadbirkori Yevgeniy Prigojin AQSH saylovlariga bir kun qolganda ham aralashishdan ortga qaytmasligini ma’lum qildi.

Rossiyaning shaxsiy yollanma qo‘shini – “Vagner” asoschisi bu ishni Amerikaning oraliq saylovlaridan bir kun oldin ham jarayonlarda bosh suqishni davom ettirishga va’da berdi.

«Konkord» nomli keytering firmasiga tegishli matbuot xizmati joylagan ijtimoiy tarmoqlardagi maqolada Yevgeniy Prigojin: “Biz aralashganmiz, hozir bu ishni qilyapmiz, keyin ham davom etamiz, ammo harakatlarimizni o‘ta ehtiyotkorlik bilan, aniq, nozik va sezdirmay, o‘zimizga xos tarzda qanday amalga oshirishni bilamiz", deya tan olgan.

U bunday ishni nozik jarrohlik operatsiyasiga qiyoslagan va VKda quyidagi gaplarni qoldirgan: “Operatsiyalar davomida bir vaqtning o‘zida ikki buyrakni ham, jigarni ham olib tashlaymiz".

AQSH Adliya vazirligining 2018 yildagi ayblov xulosasiga binoan Internet tadqiqot agentligi Prigojinga aloqador trollar fermasi 2016 yilgi saylovlar chog‘ida Facebook va Twitter yordamida AQSH elektoratida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishda ayblangan.

Prigojin odatda omma oldida ochiq so‘zlamaydi, lekin Ukraina urushi paytida oshkora so‘zlashdan o‘zini tiyolmadi va rus generallarini tanqid ostiga oldi.

Prigojin sentyabrda uzoq yil maxfiy saqlangan ma’lumotni kutilmaganda ommaga e’lon qilib yubordi. U Suriya, Afrika davlatlari va hozirda Ukrainada faol bo‘lgan “Vagner” yollanma qo‘shiniga asos solganini tan olishga jur’at qildi.

Juma kuni “Vagner” Sankt-Peterburgda mudofaa texnologiyalari markazini ochdi, bu Prigojinning harbiy mavqeini yanada oshirish, shuningdek, Rossiyaning mudofaa siyosatida yanada ommabop rol o‘ynash uchun navbatdagi qadam bo‘ldi.

Prigojin kompaniyalar tarmog‘iga ega tadbirkor, odatda, uni “Putinning bosh oshpazi” deb atashadi.

Iyulda AQSH Davlat departamenti “AQSH saylovlariga aralashgani” tufayli Prigojin haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar taklif qilgan edi. Bu ayblovlar tufayli AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Prigojinga qarshi bir qancha sanksiyalarni kiritdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo