19:12 / 12.11.2022
741

Saudiya Arabistoni bir martalik vizalar muddatini uzaytiradi

Saudiya Arabistoni bir martalik vizalar muddatini uzaytiradi
Foto: AP
Saudi Gazette xabariga ko‘ra, mamlakat Vazirlar Kengashining qarori har qanday maqsadda keluvchilar uchun mo‘ljallangan bir martalik vizalarga taalluqlidir.

Hozircha bu turdagi kirish hujjati bir oy muddatga, faqat ko‘p martalik vizalar 90 kunga berilyapti.

Shuningdek, tranzit vizalari bilan mamlakatda qolish muddati hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz 96 soatgacha uzaytiriladi. Tranzit hujjatlari uch oy davomida amal qiladi.

Saudiya Arabistoni 2019 yildan boshlab, xorijiy fuqarolar uchun turistik vizalar joriy qildi. Viza olish uchun Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonalaridan biriga oldindan murojaat qilish kerak.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo