Xitoyda oyoq va qo‘l barmoqlari 31 ta bo‘lgan bola dunyoga keldi

Xitoyda qo‘lida 15 ta, oyog‘ida 16 ta barmog‘i bo‘lgan bola dunyoga keldi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri. Qizig‘i shundaki, bolaning onasi ham polidaktiliya (ko‘p barmoqlilik)dan aziyat chekkan. Ayol homiladorlik paytida ultratovush tekshiruvidan o‘tganda, shifokorlar bola hech qanday anomaliyasiz rivojlanayotgani, faqatgina ortiqcha barmoqlar bilan tug‘ilishini ma’lum qilgan.
Shifokorlarning aytishicha, chaqaloqni hozir operasiya qilishning iloji yo‘q. Chunki bola kichkina bo‘lganligi uchun organizmi anesteziyani ko‘tara olmaydi. U bir yoshga to‘lib, suyaklari qotmagunga qadar, operasiya qilishning iloji bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday qimmat operasiyani o‘tkazishni bola ota-onasining cho‘ntagi ko‘tarmaydi. Ular operasiya uchun homiy qidirishmoqda.

Polidaktiliya keng tarqalgan irsiy kasalliklardan biri hisoblanib, er yuzida har 5000 chaqaloqdan biri 6 ta barmoq bilan tug‘iladi. Eng ko‘p barmoqli odam deb hindistonlik — qo‘lida ettita, oyog‘ida o‘ntadan barmog‘i bo‘lgan Akshatu Saksena hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing