Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Indoneziyadagi G20 sammitida aytgan gaplari Kiyev Moskva bilan muzokaralar olib bora olmasligini va buni istamasligini ko‘rsatadi, shuning uchun u maxsus operatsiya doirasida o‘z maqsadlariga erishishda davom etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
«Asosiy narsani qayd etamiz: Ukraina tomonining prezident Zelenskiy tomonidan bir necha marta bayon etilgan pozitsiyasi — ham de-fakto, ham de-yure — shundan guvohlik beradiki, Ukrainada muzokaralar olib borish uchun imkoniyat ham, xohish ham yo‘q. Demak, Rossiyaning maqsadlari maxsus harbiy operatsiyani davom ettirish orqali amalga oshirilaveradi», — dedi Kreml vakili.
Balida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitidagi onlayn ishtiroki chog‘ida Zelenskiy Ukrainaga yangi va samarali xavfsizlik kafolatlari kerakligini, Minsk kelishuvlariga qaytilmasligini aytdi.
«Biz Rossiyaning keyinchalik terror va global beqarorlikning yangi seriyasini boshlash uchun o‘z kuchlarini qayta to‘plashiga yo‘l qo‘ymaymiz. Hech qanday 'Minsk-3' kelishuvi bo‘lmaydi, chunki kelishuv imzolanishi bilan Rossiya uni buzadi», — dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishi, dunyo davlatlari esa Rossiya energiya resurslari uchun «narx potologini» kelishib olishi kerak.
Ukraina rahbari Kyiv security compact (Kiyev Xavfsizlik shartnomasi) deb nomlangan kelishuv doirasida urushdan keyingi xavfsizlik arxitekturasini yaratishga chaqirdi. Shu bilan birga, u kelishuvlarning Minsk formatiga qaytishni istisno qilmoqda.
G20 sammitida Rossiyaga vakillik qilayotgan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Zelenskiyning nutqi oldindan yozib olinganini va 20 daqiqa davom etganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina yetakchisining bayonotidan shu narsa ma’lum bo‘lganki, u G‘arbning Moskva bilan muzokaralar o‘tkazish zarurligi haqidagi maslahatlariga quloq solmayapti.
Kelishuv1, Muzokara1, Ukraina1, Rossiya1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi