
Foto: Getty Images
Zambiya TIV Ukrainadagi urushda o‘z mamlakati fuqarosi halok bo‘lganini ma’lum qildi - u avvalroq Rossiyada qamoq jazosiga hukm qilingandi. Bu Rossiyada Ukrainadagi harbiy harakatlar uchun jalb etilgan xorijlik o‘limi bilan bog‘liq ommaga ma’lum bo‘layotgan ilk holatdir.
Zambiya tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli talaba Lemexani Natan Nirenda 22 sentyabr kuni Ukrainadagi «jang maydonida» halok bo‘lgan. Uning jasadi allaqachon Rostovga olib kelingan va tez orada Zambiyaga yuboriladi.
Zambiya TIV u aynan qanday jinoyat uchun qamoqqa hukm qilinganiga aniqlik kiritmagan, ammo u 2020 yil aprelida to‘qqiz yarim yil muddatga qamalganini xabar qilgan.
Bungacha Nirenda Moskva muhandislik-fizika institutida (MIFI) yadroviy inshootlarni loyihalashni o‘rgangandi.
Zambiya TIV rahbari Stenli Kakubo Rossiya hukumatidan Moskvada qamoq jazosini o‘tayotgan zambiyalik fuqaro Ukrainadagi urushga qanday jalb etilgani va halok bo‘lgani haqida zudlik bilan ma’lumot berishni talab qilgan.
Rossiya TIV Zambiya fuqarosi o‘limi bilan bog‘liq tekshirilishini va’da qilgan. «Hozirda bu masalani ko‘rib chiqmoqdamiz. Lusakadagi elchixonamiz bilan aloqa o‘rnatdik, albatta, barcha tafsilotlarni aniqlashtiramiz», degan Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov.
Avvalroq ko‘p sonli nashrlarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya qamoqxonalarida shaxsan bo‘lib, u yerdagi mahbuslarni Ukrainada jang qilishga targ‘ib qilgani haqida xabarlar bergandi.
Urushga jalb etilgan rossiyalik mahbuslar qatorida Yevgeniy Nujin ham bo‘lgan, bir necha kun oldin uning shafqatsizlarcha qatl etilishi videosi «Vagner»ga aloqador bo‘lgan telegram-kanallarda namoyish etildi. Nujin ukrainaliklarga asir tushgach, Rossiyaga qarshi jang qilmoqchi ekani haqida aytgandi. Ammo u o‘z roziligi bilan asirlar almashinuvi doirasida Rossiyaga qaytgan.
«Ostorojno, novosti» ma’lumotiga ko‘ra, Nirenda MIFIda yadro fizikasini o‘rgangan, 2020 yil avgustida Moskvaning «Kuskovo» parkida mefedron bilan ushlangan. Kanal xabariga ko‘ra, tergov ushbu talaba bu ish bilan muntazam shug‘ullanib kelganini aniqlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, talaba Tver oblastidagi koloniyaga o‘tkazilgan, u yerda esa Ukrainadagi urushga yollangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar