08:00 / 18.11.2022
1 389

MN17 ishi bo‘yicha hukm: aybdorlar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

MN17 ishi bo‘yicha hukm: aybdorlar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
17 noyabr kuni Gaaga okrug sudi Igor Girkin (Strelkov), Sergey Dubinskiy va Leonid Xarchenkoni 2014 yilda Donbass osmonida Boing MH17 samolyotini urib tushirish va 298 kishini o‘ldirishda aybdor deb topdi. GRUning iste’fodagi zobiti Sergey Dubinskiy va «DXR» razvedka bo‘linmasi qo‘mondoni Leonid Xarchenko ham bunga aybdor deb topildi. Ularning barchasi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

To‘rtinchi sudlanuvchi, Havo-desant kuchlari podpolkovnigi Oleg Po‘latov «Buk» dan foydalanishda aybdor deb topilmadi.

Shuningdek, sud barcha jabrlanganlarning qarindoshlariga aviahalokat natijasida ko‘rgan ruhiy iztiroblari uchun to‘liq hajmda, 16 million yevro miqdorida tovon puli to‘lanishi kerak, deb qaror qildi. Biroq Po‘latovga qamoq jazosi berilmaydi va undan tovon pulini talab qilinmaydi.

Sud qaroriga ko‘ra, Igor Girkin (Strelkov) Moskvadagi mas’ul shaxslar bilan muzokaralar olib borgan «DXR» deb nomlangan mintaqa mudofaa vaziri bo‘lib, qurollarni o‘rnatish va yetkazib berish uchun javobgar bo‘lgan. Otilgan «Buk» uskunasi Ukrainaga Rossiyadan olib kelingan. Keyin uni yana Rossiyaga olib ketishgan. Sudning xulosasiga ko‘ra, raketani faqat yaxshi o‘qitilgan ekipaj uchirishi mumkin va otish ataylab qilingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo