
Kuchli toshqinlar transport harakatini falajlantirib qo‘ydi. Qirollik g‘arbiga yopirilgan kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘chalar daryoga aylangan.
Xususan, Jidda shahrida shunday holat kuzatilgan. Shaharda bir necha avtomobil suv ostida qoldi. Ularning ayrimlarini oqim olib ketgan. Ko‘plab haydovchilar yo‘l chetiga suzib chiqishga majbur bo‘lgan.
Tabiiy ofat ortidan shahardagi barcha maktab va universitetlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Shuningdek, Jidda aeroporti ham yopilgan.
O‘tgan haftada Saudiya Arabistonidagi ayrim cho‘l hududlarida kuchli yomg‘irlar natijasida ko‘llar paydo bo‘lgandi. Masalan, podshohlik shimolidagi Xayl hududida katta ko‘l shakllangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar