
Kecha, 27 noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi, Bu haqda RIA Novosti xabar berdi,
«Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keldi», – deyiladi xabarda.
Bugun ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, ular Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumida videokonferensiya shaklida ishtirok etadilar. Bu To‘qayevning Qozog‘iston prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk tashrifidir.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 noyabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovda To‘qayev 81,31 foiz ovoz to‘pladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar