Neft narxi yanvar oyidan beri eng past darajaga tushib ketdi

Neft narxi yanvar oyidan beri eng past darajaga tushib ketdi
Foto: Bloomberg
Londonning ICE birjasida Brent markali neft narxi 11 yanvardan beri ilk bor barreliga 82 dollardan pastga tushdi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.

Toshkent vaqti bilan 06:43 holatiga ko‘ra, ushbu c toifali yoqilg‘i narxi 81,19 dollarga tushdi. Soat 07:37 holatiga ko‘ra, Brent markali neftning fevral fyucherslari bir barreli uchun 81,73 dollardan sotilmoqda.

Brent neftining narxi oxirgi marta yanvar oyi boshida bu darajada bo‘lgan — 10 yanvarda bir barrel uchun 81,37 dollarni tashkil qilgan edi.

Shu bilan birga, WTI neftining fevral fyucherslari Toshkent vaqti bilan 07:17 ga 2,6 foizga pasayib, bir barrel uchun 74,42 dollarni tashkil qildi.

5 dekabr kuni Yevropa Ittifoqining Rossiyadan dengiz orqali neft yetkazib berish bo‘yicha oltinchi sanksiyalar paketi doirasida qabul qilingan embargosi ​​kuchga kiradi.

Shu kuni sakkizinchi sanksiyalar to‘plamida nazarda tutilgan Rossiya neftiga narxlar bo‘yicha cheklov kuchga kirishi kerak, ikki oydan keyin esa neft mahsulotlari narxini cheklash amalga oshiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar