
Germaniya kansleri Olaf Shols sentyabrdan buyon ilk marta Rossiya lideri bilan bir soatlik telefon suhbatini uyushtirayotgan bir paytda, AQSH prezidenti Jo Baydenning “Vladimir Putin xayolida qanday o‘ylar kechayotganini anglash uchun u bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga” hozirligi borasidagi so‘zlari nimani anglatadi?
Albatta, bu oliy darajadagi tinchlik muzokaralari boshlanadi, degani emasligini AQSH prezidentining o‘zi ta’kidlaydi: “Rossiya prezidentining Ukrainadagi urushni tugatish istagini bildirganidan keyingina yuz berishi mumkin". Bu hali amalga oshgani yo‘q. Kremlning Vashington sentabr oxirida Ukrainaning anneksiya qilingan qismlari bo‘yicha Rossiya suverenitetini tan olmayotgani va G‘arb Ukrainani qurollantirayotgani, Kiyevning murosasizligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqidagi shikoyatlari bizning muvaffaqiyat yoqasida turganimizdan dalolat bermaydi.
Ammo urush davom etayotgani va Ukrainaga yangi o‘limlar, vayronagarchilik, uqubatlaru kulfatlar tahdidi bilan qahraton qish boshlanayotgan chog‘da tinchlik muzokaralari qachon boshlanishi haqidagi savol ko‘tarilishda davom etaveradi.
AQSH shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Mark Millining muzokaralar o‘tkazish imkoniyatidan foydalanish zarurligi xususidagi so‘nggi bayonotlari AQSH ma’muriyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklar haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi.
O‘shandan buyon rasmiylar va G‘arb yetakchilari, asosan, Ukraina qachon va qanday muzokara o‘tkazish borasidagi masalalarni hal qilishi kerakligini ta’kidlayapti.
“Biz ukrainaliklarning fikrini hurmat qilishimiz kerak, shunda ular hududi borasida qanday jihat va sharoitda muzokara olib borish borasida o‘zi bir qarorga kelishi kerak”, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Oq uyda Jo Baydenning yonida turib.
G‘arb rasmiylari shaxsiy muzokaralar vaqtida muzokara olib borish mavridi hali kelmaganini ta’kidlamoqda. Ular Moskva tomonidan zarur va muhim kelishuv muzokaralarini o‘tkazishga jiddiy intilish alomatini ko‘rmayapti.
Ukraina harbiy jihatdan hozir peshqadam, Rossiyaning harbiy urinishlari esa samara bermay, mushkul ahvolga qolayotganini ko‘rib turibmiz, G‘arb Rossiyaning yaqin oylar ichida hozirgidan ko‘ra, ayanchliroq ahvolga tushib qolishini bashorat qilyapti.
Yuqori martabali bir G‘arb diplomati: “Hali kutilgan fursat keladi, lekin hozir emas”, dedi shaxsiy yig‘ilishlardan birida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mabodo Ukraina urushni davom ettiradigan bo‘lsa, unga yordam berayotgan G‘arb mazkur mamlakatga yordam berish uchun nimalarga hozir, ular Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun qayergacha bormoqchi?” masalalarida munozaralar yana ham o‘tkirlashadi.
Ammo Ukraina yaqin oylar ichida hududlarni, ya’ni Rossiya tomonidan 2014 yilda bosib olingan Qrim va Donbassning katta qismi qaytarib olishda davom etaversa, bu endi boshqa masalaga aylanadi.
Shuningdek u o‘z fikrlarida, norasmiy muzokaralar davom etmoqda, unda Pentagon va Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns va uning rossiyalik hamkasbi Sergey Narishkin ishtirok etayotganini aytadi.
Ammo tinchlik muzokaralari qachon va qanday boshlanishi borasidagi gap-so‘zlarga qaramay, Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilish masalasidan hali uzoqligini ta’kidlaydi.
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar