11:25 / 06.12.2022
1 738

Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya va AQSH mashg‘ulotlariga javoban o‘t ochgan

Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya va AQSH mashg‘ulotlariga javoban o‘t ochgan
Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi harbiylarga Janubiy Koreya va AQSH tomonidan chegara yaqinida otilgan o‘qlarga javoban, artilleriyadan o‘t ochishni buyurdi. Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.

Shimoliy Koreya harbiylari Seulni front yaqinidagi hududlarda baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari va gaubitsalardan o‘q otishda aybladi. «Biz jiddiy ogohlantirish berish uchun zudlik bilan old artilleriya qismlariga dengiz tomonga qarata artilleriyadan o‘t ochishni buyurdik», — dedi Bosh shtab vakili Janubni «provokatsion harakatlar»ni tezlikda bas qilishga chaqirib.

Janubiy Koreya va AQSH harbiy mashg‘ulotlari Seuldan 71 km shimoli-sharqda, Chxorvon uyezdida bo‘lib o‘tmoqda.

Shimoliy Koreya avvalroq manyovrlarga javoban, sharqiy va g‘arbiy qirg‘oq yaqinidan dengiz tomonga qarata 130 ta artilleriya snaryadlarini uchirgandi.

Avvalroq AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreyaning bir qator amaldorlariga nisbatan sanksiyalar joriy qilgandi. Bu amaldorlar KXDRning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish dasturlariga aloqador.

So‘nggi sanksiyalar Shimoliy Koreyaning 18 noyabrda o‘tkazgan xalqaro ballistik raketalar sinovi fonida joriy qilinmoqda. KXDR yil boshidan beri 60 dan ortiq raketa sinovlarini o‘tkazdi, bu esa uning 2017 yildan buyon to‘xtatib qo‘yilgan yadroviy qurol sinovlarini qayta boshlashi mumkinligidan xavotir uyg‘otmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya va AQSH mashg‘ulotlariga javoban o‘t ochgan