06:30 / 07.12.2022
1 151

Rossiyada deputat maxsus kiberqo‘shinlar tuzishni taklif qildi

Rossiyada deputat maxsus kiberqo‘shinlar tuzishni taklif qildi
Foto: «RBK»
Rossiya Davlat dumasining axborot siyosati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oleg Matveychev mamlakatda maxsus kiberqo‘shinlar yaratish zarurligini aytdi. Bu haqda «URA.ru» xabar berdi.

Deputat kiberqo‘shinlarga xakerlarni yollashni, harbiy xizmatga chaqiriluvchilarga ham bunday qo‘shinlarda xizmat qilish imkoniyati berishni taklif qilgan.

«Albatta, qo‘shinlarning alohida bo‘linmasi sifatida kiberqo‘shinlar bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Bizda juda ko‘p IT mutaxassislari bor. Ularda vatanparvarlik pozitsiyasi shakllangan. Shaxsan o‘zim juda yuqori darajadagi xakerlarni bilaman. U Amerikaning har qanday rasmiy idoralari tizimiga kirib, barcha parollarni buzgan», — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil Ukraina prezidenti kiberqo‘shin tuzishni buyurgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo