08:11 / 09.12.2022
1 426

Xitoyda kuzatuv kameralaridan odamni yashira oladigan kiyim ixtiro qilindi (foto)

Xitoyda kuzatuv kameralaridan odamni yashira oladigan kiyim ixtiro qilindi (foto)
Foto: Bloomberg
Xitoyda universitet talabalari sun’iy intellektga asoslangan videokuzatuv kameralariga odamni tanimas holga keltiradigan InvisDefense kiyimini ishlab chiqdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Mazkur ixtiro Huawei tomonidan o‘tkazilgan kiberxavfsizlik innovatsiyalari bo‘yicha birinchi tanlovda g‘olib chiqqan. Kamuflyaj kunning istalgan vaqtida ishlaydi va u kuzatuv kameralarining samaradorligini 57 foizga kamaytiradi. Loyiha mualliflari bunday effektga maxsus usul yordamida qo‘llangan naqsh hamda kiyimga o‘rnatilgan issiqlik datchiklari tufayli erishgan.

Foto: South China Morning Post
Ta’kidlanishicha, ixtiro bir tomondan, odamlarning shaxsiy hayotini kuzatishga qarshi bo‘lsa, ikkinchi tomondan xavfsizlik tizimlarida noqonuniy maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Ishlab chiquvchilar kiyimning bir to‘plamini 500 yuan (71 dollar) ga sotmoqchi. Kelajakda talabalar obyektlar va transport vositalari uchun, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh kuzatuv tizimlaridan yashirinish uchun ham xuddi sunday ixtiro yaratmoqchi.

Foto: South China Morning Post

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo