date
views 1 551

Rossiya ZAES quvvat bloki yaqinida «Grad» reaktiv tizimini o‘rnatdi

Rossiya ZAES quvvat bloki yaqinida «Grad» reaktiv tizimini o‘rnatdi
Foto: Picture Alliance
Rossiya harbiylari egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasiga bir nechta «Grad» yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarini olib keldi. Bu haqda Ukrainaning «Energoatom» korxonasi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikni (AEXA) xabardor qildi.

Ukraina tomoniga ko‘ra, yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari 6-energoblok yaqinida, avvallari yashirin rejimda qandaydir «himoya inshootlari» qurilgan, foydalanilgan yadro yonilg‘isini quruq saqlash ombori hududi yonida joylashgan.

«Bo‘lajak provokatsiya bu Dneprning qarama-qarshi qirg‘og‘ini, xususan Nikopol va Marganes shaharlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri Zaporijjya AES uchastkasidan «Grad» qurilmalari bilan energiya bloklarining «qopqog‘i» va ishlatilgan yadroviy yonilg‘i omboridan foydalangan holda o‘qqa tutishdir», — deyiladi «Energoatom» matbuot xizmati xabarida.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik joriy yil oxirigacha Rossiya Federatsiyasi va Ukraina bilan Zaporijjya atom elektr stansiyasida xavfsizlik zonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilayotgandi. Bu haqda AEXA bosh direktori Rafael Grossi aytib o‘tgandi.

«Men vaziyatga imkon qadar tezroq yechim topishga intilaman. Umid qilamanki, yil oxirigacha», - dedi Grossi Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, u Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish mumkinligini istisno etmadi.

«Bizning maqsadimiz – u yoki bu tomonga foyda keltiradigan harbiy vaziyat yaratmaslik, yadroviy avariyaning oldini olish», — dedi Grossi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya ZAES quvvat bloki yaqinida «Grad» reaktiv tizimini o‘rnatdi