date
views 1 113

Koronavirusga qarshi tuzoq-dori ishlab chiqarildi

Koronavirusga qarshi tuzoq-dori ishlab chiqarildi
Amerika olimlari (Dana-Farber saraton kasalliklari instituti, Boston va Kolorado universitetlari hamda Massachusets shifoxonasi hamkorligida) tomonidan koronavirusning omikron-shtammi hamda ayrim turlarini samarali yoʻq qiluvchi dori vositasi ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida yoritildi.

DF-COV-01 deb nomlangan yangi dori ACE2 retseptorining molekula-tuzogʻi vazifasini bajaradi. Ta'kidlanishicha, u antitanalarga asoslangan boshqa dorilardan farqli ravishda, SARS-CoV-2 (koronavirus)ni boshqacha kutib oladi — tuzoqqa tushiradi. Koronavirusdagi dorilar himoyasini yorib oʻtishda qoʻl keluvchi mutatsiyalar bu dori qoʻllanilganida hujayralarni zararlovchi oqsil-tikanaklaridan mahrum boʻladi. ACE2 tuzoqlari asosidagi dorilar samarali va uzoq ta'sir koʻratadi, deyiladi xabarda.

Tajribalar davomida muayyan oqsil fragmenti faollashganida dori vositasi virusga tobora chuqurroq singishi va organizimda uzoqroq qolishi ma'lum boʻldi. Oddiy ifodalaganda, dori koronavirusning oqsil-tikanaklarini emiradi, natijada u hujayralar sirtidagi ACE2 retseptori bilan bogʻlana olmaydi.

Aksariyat koronaviruslar ACE2 retseptori orqali yuqishi hisobga olinsa, yangi dori hozir mavjud barcha shtammlar va hatto kelgusidagi yangi mutatsiyalarga ham qarshi kurashishi mumkin.

DF-COV-01 ishlab chiqarilishi deyarli yakuniga etgan boʻlsa-da, hozircha odamlarda sinalgan emas. Ayni paytda sinovlar klinikagacha boʻlgan bosqichda, bu jarayondan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, klinik sinovlarga ruxsat beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi tuzoq-dori ishlab chiqarildi