
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan an’anaviy yillik uchrashuvni o‘tkazmaydi, deb xabar berdi Bloomberg yuqori martabali mansabdor shaxsga tayanib.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Modi «Ukrainada yadroviy qurol qo‘llash tahdidi» ortidan Putin bilan uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortgan.
Manbaning qayd etishicha, hozirgi bosqichda Rossiya bilan do‘stlik haqida «jar solish» Hindiston bosh vaziri uchun manfaatsiz bo‘lishi mumkin.
Hindiston bosh vazirining qarori sentyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy sammitda aniq bo‘lgan. Unda Modi Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirgan edi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Putin bilan Modi bu yil uchrashmasligini aytdi.
So‘nggi 20 yil ichida Hindiston va Rossiya o‘rtasida oliy darajada 21 ta uchrashuv o‘tkazdi. Bundan oldin ikkala davlat rahbarining uchrashuvi 2020 yilda pademiya tufayli qoldirilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar