00:10 / 13.12.2022
2 148

Zelenskiy: «Putin vafot etsa, Ukrainadagi urush tugaydi»

Zelenskiy: «Putin vafot etsa, Ukrainadagi urush tugaydi»
Foto: Netflix
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning ehtimoliy o‘limidan keyin tugashi mumkinligini aytdi. U Netflix shousining maxsus epizodida bu haqda gapirdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarining katta foizi Putinga ishonadi.

«Bilasizmi, buni derazani yopib, urushdan yashirinishday ta’riflash mumkin. Qayerda yashashingni bilmaysan. Haqiqatni tan olmaysan. Shunchaki qo‘rqadigan odamlar ham bor. Ular haqiqatdan ham vaziyatni tushunadi, lekin qo‘rqadi», — dedi Ukraina prezidenti.

Shuningdek, u urush Putinning kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida vafot etishidan keyin tugashi mumkinligi, chunki uning rejimi avtoritar, bunda ko‘p narsa bir kishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.

«Shuning uchun bunday odam ketsa, institutlar to‘xtaydi. SSSRda shunday davr bo‘lgan. Hammasi to‘xtab qolgan. Ularga qiyin bo‘ladi. Shunda chet el bilan emas, ichki siyosat bilan shug‘ullanishadi», — deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, prezident Vladimir Zelenskiy 2023 yil Ukrainada tinchlik o‘rnatilishiga umid bildirgan. Oktabr oyi oxirida Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov urush kelasi yozgacha yakunlanishi kerakligini aytgan. Zelenskiy ofisi Ukrainadagi urush qanday tugashini va Rossiya bilan muzokara o‘tkazish shartlarini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: «Putin vafot etsa, Ukrainadagi urush tugaydi»