23:01 / 13.12.2022
1 913

Isroilda qornida embrionlar bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi

Isroilda qornida embrionlar bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi
Foto: Shutterstock
Isroilda qornida ikkita embrion bor qiz tug‘ildi, bu yarim million boladan faqat bittasida kuzatiladigan kamyob holat hisoblandi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Shifokorlar anomaliyani chaqaloq ona qornida bo‘lganida aniqlagan. Homiladorlikning oxirgi bosqichida ayol ultratovush tekshiruvidan o‘tgan va qizning qorni kattalashganini ko‘rgan. Tug‘ilgandan keyin chaqaloq tekshirilgan va uning ichida embrion borligi tasdiqlangan.

Tibbiyot markazining yetakchi mutaxassislari operatsiya o‘tkazgan, natijada qizning qornidagi ikki embrion olib tashlangan. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu embrionlar shakllanmagan, homila faqat qisman rivojlangan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan, qiz va onasiga uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

Bunday anomaliyalar qanday paydo bo‘lishini tushuntiradigan nazariya mavjud. Unga ko‘ra, ona qornida egizaklar bo‘ladi, ammo keyin embrionlardan biri ikkinchisiga o‘tib ketadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo