18:13 / 17.12.2022
1 973

BMT Bosh Assambleyasi Qrim bo‘yicha yangilangan rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi Qrim bo‘yicha yangilangan rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Bosh Assambleyasi ishtirokchilari Rossiyaning «Ukrainaga qarshi tajovuz qilish uchun» qo‘shib olingan Qrim yarimorolidan foydalanishini qoraladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 15 dekabr, payshanba kuni Rossiya tomonidan qo‘shib olingan Ukrainaning Qrim yarim orolida inson huquqlari buzilishi to‘g‘risidagi yangilangan rezolyutsiyani qabul qildi.

Qabul qilingan hujjatda yarim oroldagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha o‘tgan yillardagi shunga o‘xshash rezolyutsiyalarda mavjud bo‘lgan qoidalarga qo‘shimcha ravishda, Rossiya Federatsiyasining Qrimdan Ukrainaga qarshi tajovuz qilish maqsadida foydalanishi va uni noqonuniy anneksiya qilishga urinishlarni qo‘llab-quvvatlash qoralanadi.

Bundan tashqari, rezolyutsiyada Rossiya «Ukraina va ukrainaliklarga nisbatan nafrat uyg‘otishda, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligini oqlovchi dezinformatsiya tarqatishda» ayblanadi.

«Ukrainaning vaqtincha ishg‘ol qilingan Qrim avtonom Respublikasi va Sevastopol hududlarida, inson huquqlariga tajovuzlar» bo‘yicha hujjatini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro tashkilotga a’zo 82 mamlakat ovoz berdi. Rossiya, Belarus, Zimbabve, Eron, Xitoy, Shimoliy Koreya va Suriyani o‘z ichiga olgan 14 ta davlat bunga qarshi chiqqan. Yana 80 mamlakat betaraf qolgan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston ham ushbu rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan. Qirg‘iziston va Tojikiston betaraf qolgan bo‘lsa, O‘zbekiston hamda Turkmaniston ovoz bermagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Bosh Assambleyasi Qrim bo‘yicha yangilangan rezolyutsiyani qabul qildi