15:40 / 19.12.2022
879

«Ukrainadagi urush yaqin orada tugamaydi» — Rim papasi

«Ukrainadagi urush yaqin orada tugamaydi» — Rim papasi
Foto: Getty Images
Rim papasi Fransisk Ukrainadagi voqealar «jahon urushi» ekanini aytdi. Uning fikricha, urush yaqin orada tugamaydi. Bu haqda Fransisk Ispaniyaning ABC gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Qisqa muddatda tugashini ko‘rmayapman, chunki bu jahon urushi... Urushga allaqachon bir necha tomonlar jalb qilingan. Bu global xarakterga ega... Ko‘plab manfaatlar to‘qnashuvi», — dedi Rim papasi.

Bundan oldin Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilishga tayyorligi ma’lum qilingandi.

Italiyaning La Stampa gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Vatikan o‘z hududini tegishli muzokaralarni o‘tkazish uchun neytral joy sifatida taklif qilyapti.

Bunday tashabbusga tayyorlik Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 24 oktabr kuni Vatikanda Fransisk bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Ukrainadagi urush yaqin orada tugamaydi» — Rim papasi